
MYu etti yil kutgan gollar
Angliya premer-ligasining navbatdagi turida Antoni Masyal “Sheffild Yunayted” darvozasiga uchta gol urdi.
Frantsiyalik hujumchi faoliyati ilk marotaba klublar miqyosida xet-trik qayd etdi. Bu natijani qayd etish uchun Marsyalga 284 ta o‘yin kerak bo‘ldi.
“Manchester Yunayted” esa xet-trikni 7 yil kutdi. Manchesterliklar safida oxirgi marotaba raqib darvozasiga uchta gol urgan futbolchi Robin van Persi bo‘lgan. 2013 yilning aprelida gollandiyalik hujumchi “Ason Villa” darvozasini uch bor aniq nishonga oldi. Xet-trik takrorlanishi uchun MYuga 263 ta uchrashuv kerak bo‘ldi.
Maqsad - “Milan”ni chempion qilish
Parij darvozalari Xolandga yopildi
Lautaroning ketishiga tayyorlanayotgan “Inter” jamoaga super hujumchi olmoqda
Fikrlar