MYu bosh murabbiyi sharmandali mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

  • 20 aprel, 2022, 15:55
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APL 33-turining markaziy o‘yinida chempionlik uchun kurashayotgan "Liverpul" kuchli to‘rtlikka kirishni maqsad qilgan "Manchester Yunayted"ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi.

Tecno

Bellashuvdan so‘ng "qizil iblislar" bosh murabbiyi Ralf Rangnik matbuot anjumanida ishtirok etdi: "Liverpul" va "Manchester Siti" shunchaki murabbiy almashtirish orqali APLda gegemonlik qilayotgani yo‘q, ular jamoani kuchaytirmoqda. Rahbariyat hozirgi futbolchilarni etarli deb hisoblaydi.

Agar vaziyatni tahlil qilsangiz, MYuga o‘zgarishlar kerakligini anglab etasiz. Ko‘pchilikning shartnomasi tugamoqda, menga olti, etti, sakkiz balki, o‘nta yangi futbolchi kerak. Transfer amalga oshirishdan oldin u jamoa uslubiga to‘g‘ri kelishi haqida bosh qotirish lozim",-dedi germaniyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, manchesterliklar Premer-liga turnir jadvalida 54 ochko bilan 6-pog‘onani egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!