
MYu A Seriyaning yulduz himoyachisini sotib olmoqchi
"Inter"ning etakchi himoyachisi Federiko Dimarko Angliyaning top klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda, "Todofichajes" nashri xayuar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 27 yoshli italiyalik futbolchini "Manchester Yunayted" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Dimarko "qizil iblislar"ning yozgi transferlar davridagi ustuvor maqsadi hisoblanadi.
"Neradzurrilar" futbolchi uchun 50 million evrodan kam miqdordagi takliflarni ko‘rib chiqmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Federiko joriy mavsum Italiya chempionatida 24 ta bahsda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Himoyachining jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida tugaydi.
Fikrlar