MYu 18 yoshli futbolchi transferini e’lon qildi

  • 5 iyul, 16:48
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi o‘zining rasmiy saytida Paragvayning "Serro Porteno" klubida to‘p surgan 18 yoshli chap qanot himoyachisi Diego Leon bilan shartnoma imzolagani haqida ma’lum qildi.

Tecno

Avvalroq OAVda "qizil iblislar" futbolchi uchun 4+3 mln dollar to‘lashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Leon 2024 yilning yozidan beri "Serro Porteno"ning kattalar jamoasida o‘ynab kelmoqda. Bu davrda u barcha turnirlarda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol urgan. 18 yoshli himoyachi Paragvay U20 yoshlar terma jamoasida ham o‘ynaydi. U uchun u to‘qqizta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!