
Mutlaq jahon chempioni Devin Heyni va Jorj Kambosos o‘rtasidagi revansh jangi sanasi va manzili ma’lum bo‘ldi
Professional boksning engil vazn toifasida (61,2 kg) mutlaq jahon chempioni amerikalik Devin Heyni (28-0, 15KO) va avstraliyalik sobiq jahon chempioni Jorj Kambosos (20-1, 15KO) yana bir bor o‘zaro kuch sinashadi. Ular o‘rtasidagi revansh jangi 15 oktyabr kuni Avstraliyaning Melburn shahrida joylashgan "Rod Laver Arena"da bo‘lib o‘tadi va ESPN kanali orqali translyatsiya qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, bunga qadar ular 5 iyun kuni o‘zaro jang o‘tkazgan va unda Heyni ochkolar hisobida g‘alaba qozonib Kambososga tegishli bo‘lgan WBA, IBF, WBO kamarlarini tortib olgan holda, o‘zining WBC kamari bilan birgalikda mutlaq jahon chempioniga aylangan edi.
Fikrlar