
Murodjon Ahmadalievga kamarlarini boy bergan Deniel Roman o‘z faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi
Professional boksning birinchi yarim engil vazn toifasida (55,3 kg) sobiq jahon chempioni amerikalik Deniel Roman (29-4-1, 10KO) boks bilan hayrlashayotganini ma’lum qildi.
"Men boksdan o‘z faoliyatimni yakunlaganimni rasman e’lon qilmoqchiman. Men jamoam, promouterlarim, homiylar, media vakillari va dunyo bo‘ylab barcha muxlislarimga meni so‘nggi 12 yilda qo‘llab quvvatlaganligingiz uchun rahmat aytaman",-deb yozib qoldirdi Roman o‘zining tvitterdagi sahifasida.
Roman o‘zining so‘nggi jangida WBC va WBO chempioni Stiven Fultonga imkonatni boy berdi. 2020 yilning 31 yanvarida esa hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev uni mag‘lub etib, WBA va IBF jahon chempionlik kamarlarini tortib olgan edi.
Fikrlar