Munira Abdullaeva bochcha bo‘yicha xalqaro musobaqada sovrindor bo‘lgan ilk para sportchiga aylandi!

  • 22 iyul, 2024, 09:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Xabar berganimizdek, shu kunlarda Misrning Qohira shahrida bochcha bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

Quvonarlisi, ushbu dunyo birinchiligida ilk bor ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Munira Abdullaeva ayollar o‘rtasida BC4 klassida ikkinchi o‘rinni egalladi va kumush medalga sazovor bo‘ldi. Qayd etish lozimki, ushbu klassda oltin va bronza medallarni Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziantlari hisoblangan ukrainalik Nataliya Konenko hamda mezbon Misr vakili Xanna Elfar qo‘lga kiritdi.

Munira Abdullaevaning ushbu medali O‘zbekiston Paralimpiyasi tarixida bochcha sport turi bo‘yicha xalqaro musobaqalarda qo‘lga kiritilgan ilk medal sifatida ham saqlanib qoladigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!