
Mujibullo Tursunov professional boksda debyut qiladi
13 avgust kuni Toshkent shahrida yana bir professional boks kechasi tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. (Katta ehtimol bilan Lift promouterlik kompaniyasi tomonidan)
Mazkur jang kechasida bir qator yurtimizning ko‘zga ko‘ringan bokschilari ringga ko‘tarilishi rejalashtirilmoqda.
Jumladan, havaskor yo‘nalishdagi eng mahoratli vakillarimizdan biri Mujibullo Tursunov ham professional boksda debyut jangini o‘tkazishi kutilmoqda.
Xozircha raqib ma’lum emas. Tez orada ushbu jang kechasi haqida to‘liq ma’lumot beramiz. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!
Fikrlar