
Muhsin Muhammadiev: Qarshida g‘alaba qozonish har qanday jamoaning orzusi
"Nasaf" - "Buxoro" (1:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Muhsin Muhammadiev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
- Bugun ajoyib o‘yinni o‘tkazdik, Qarshida g‘alaba qozonish har qanday jamoaning orzusi, biz eplay oldik. "Nasaf" kuchli hurmatga sazovor jamoa, kuchli murabbiy va jamoaning aksar o‘yinchilari yosh, jismonan baquvat. Maydon chimi ajoyib holatda. Bunaqa maydonda yomon o‘ynash mumkin ham emas. O‘yinga tuzgan rejalarimizni yigitlar a’lo darajada bajarishdi. Oldingi turda o‘z maydonimizda yutqazib qo‘ygan edik. Bizda hozir barcha o‘yinlar finaldek. Turnir jadvali shuni taqazo etmoqda.
G‘alaba qozonganimizdan benihoyatda xursandman. Barchani muhim g‘alaba bilan tabriklayman, - dedi murabbiy.
Fikrlar
Тугри, бу Бухоро у/н орзу булиши мумкин эхтимол Каршида унинг биринчи галабасидир, шунинг у/н факат узингиз ва клубингиз(хаммани кушмасдан) номидан гапиришни урганинг.
БУХОРО мухлисларига табрик, Насафчиларга эса сабр.