Muhsin Muhammadiev: Ikkinchi davrada boshqa "Buxoro"ni ko‘rasiz

  • 23 iyun, 2019, 23:17
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Biz bugun yomon o‘ynamadik, to‘p nazorat biz tomonda bo‘ldi. Faqatgina hujumda ishlarimiz yurishmadi. Bir qancha qulay imkoniyatlardan foydalan olmadik. Uchrashuv avvalida o‘tkazib yuborilgan ikki goldan keyin ham o‘yinning borishini o‘zgartirib yuborishimiz mumkin edi. O‘ylaymanki, yangi murabbiy kelganidan so‘ng o‘yin uslubini o‘zgartirishga harakat qilyapmiz. Ikkinchi davrada boshqa jamoani ko‘ramiz, bu mavsumdagi barcha mag‘lubiyatlar menimcha ortda qoldi.  O‘yinimizda kamchiliklar bisyor. Biz ular ustida yigitlar bilan bosh qotiramiz. 

Tecno

O‘ylashimcha, biz to‘p tepgan paytdagi futbolchilar kuchliroq edi nazarimda. Hozir taktika va boshqa jihatlarda tubdan farq qiladigan o‘yin uslubi shakllangan. Ilgari futbol bahslarini haftada bir marotaba faqat markaziy telekanallar orqali ko‘rar edik. Hozir butun jahon istalgan o‘yinini ko‘ra oladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Surxon turon
24/06/2019 10:31
Омад бухорага