
Muhammad Saloh yangi murabbiyni hayratga soldi
“Liverpul”ni uzoq yillar davomida boshqargan Yurgen Klopp klubni tark etganidan keyin jamoani yangi mavsumda Arne Slott tayyorlayapti.
Slott boshchiligidagi murabbiylar shtabi mavsumoldi tayyorgarligi jarayonida futbolchilarni olti daqiqalik maxsus testdan o‘tkazdi. O‘yinchilarning chidamlilik darajasini aniqlashga qaratilgan ushbu sinovda eng yaxshi natijani 32 yoshli Muhammad Saloh qayd etdi.
Misrlik to‘purarning jismoniy ko‘rsatkichlari darajasi yuqoriligi murabbiylar shtabini hayratda qoldirdi.
Muhammad Saloh 2017 yildan beri liverpulliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Hozirgacha “qizillar” safida 349 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 211 ta gol va 89 ta assist muallifi bo‘lgan futbolchining amaldagi shartnomasi kelasi yoz yakunlanadi.
Fikrlar