
Muhammad Saloh bu futbolchini yomon ko‘rardi
“Liverpul”da Muhammad Saloh va Sadio Mane bilan birga o‘ynagan Roberto Firmino afrikalik futbolchilarning o‘zaro munosabati yaxshi bo‘lmagani haqida gapirdi.
- Men maydondan ularning o‘rtasida edim. Ulardan biri boshqasiga nafrat bilan qaraganini ko‘rdim.Buni shundoq his qilib turardim.
Men hujum uchligida Saloh va Maneni bog‘lab turardim. Qaltis vaziyatlarda esa, “o‘t o‘chiruvchi” vazifasini ham bajarishimga to‘g‘ri kelardi, - dedi Roberto Firmino.
Braziliyalik hujumchi ayni paytda “Al-Ahli” jamoasi sharafini himoya qilyapti. Firmino “Liverpul” safida jami 362 ta uchrashuvda maydonga tushib, 111 ta gol va 72 ta assist muallifi bo‘lgan.
Fikrlar