
Mourino "Tottenxem" yarim himoyachisini jamoasida ko‘rmoqchi
"Tottenxem"ning tayanch yarim himoyachisi Ivu Bissuma faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda mashhur insayder Nikolo Skira ma’lum qilmoqda.
Manbaning xabar berishicha, "Fenerbaxche" allaqachon "shporlar" bilan 28 yoshli malilik futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralarga kirishgan. Bissuma jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinoning asosiy nishoniga aylangan.
O‘tgan mavsumda Bissuma barcha turnirlarni hisobga olgan holda 44 ta o‘yinda ishtirok etib, ikkita gol urgan. Futbolchining "Tottenxem" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali yarim himoyachini 25 million evroga baholamoqda.
Fikrlar