Mourino “Roma”dan nega haydalgani sababi oshkor bo‘ldi

  • 18 yanvar, 2024, 09:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” rahbariyati kutilmaganda Joze Mourinoni iste’foga chiqarib, darrov uning o‘rniga klub afsonasi Daniele de Rossini bosh murabbiy qilib tayinladi.

Tecno

Corriere dello Sport nashrining ta’kidlashicha, portugaliyalik murabbiyning ketishiga klub xo‘jayini Den Fridkin bilan yuza kelgan ziddiyat sabab bo‘lgan.

Manbaga ko‘ra, Mourino ishdan olinishini kutmagan va bu xabarni eshitganda jumbushga kelgan. Fridkinlar oilasi Mourino yo‘l qo‘ygan kamchiliklarni uning o‘ziga aytgan, murabbiy esa, xo‘jayinlarni berilgan va’dalarni bajarmaganlikda ayblagan.

Aksariyat manbalar Den Fridkin “Roma” Evropa Ligasida “Sevilya”ga yutqazganidan keyin Joze Mourinonini iste’foga chiqarish qaroriga kelganini yozmoqda.

Den Fridkinga Joze Mourino muntazam hakamlarni ayblab kelgani, klubning transfer siyosatini tanqid qilishni to‘xtatmagani va ayrim o‘yinchilar bilan kelisha olmay qolgani yoqmagan.

Xususan, bosh murabbiy jamoaning etakchi o‘yinchilaridan Kris Smolling, Leonardo Spinatstsola, Lorentso Pellegrini va o‘zi tanlagan Renato Sanshesh bilan ziddiyatga borgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
998913335306
18/01/2024 14:06
Факат яхши уйинчиларни синдиради. Шунака худбин бу.
&
998913335306
18/01/2024 14:05
Маврга хеч кайси клуб иш таклиф килмаса яхши буларди. Хеч нимани койиллатмайди бу.