
Mourino "Manchester Yunayted" yulduzini oldi
“Manchester Yunayted”ning serbiyalik yarim himoyachisi Nemanya Matich faoliyatini “Roma”da davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda taniqlik jurnalist Janluka Di Martsio xabar tarqatdi.
Manbaning ta’kidlashicha, tomonlar hamkorlik shartlari bo‘yicha kelishib bo‘lgan. Unga ko‘ra, Matich bilan 1+1 ko‘rishida shartnoma tuziladi.
Xabarlarda Matichning Rim klubini tanlashiga “Roma”ni Joze Mourino boshqarayotgani muhim sabab bo‘lgan. Tajribali futbolchi portugaliyalik murabbiy qo‘l ostida “Chelsi” va “Manchester Yunayted”da to‘p tepgan.
Matich yakunlangan mavsumda barcha turnirlarda 32 ta uchrashuv o‘tkazib, jamoadoshlariga to‘rtta golli pas uzatdi. Uning shartnomasi tugagani uchun “Roma”ga erkin agent sifatida tekinga o‘tadi.
Fikrlar