
Mourino: Klopp "Liverpul"da hech qanday turnirda g‘alaba qozonmagan
"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino EChL yarim final bosqichi doirasida "Liverpul"ning "Barselona"dan uchragan mag‘lubiyati haqida o‘z fikrini bildirdi.
- Pep hamda Yurgen qanday faoliyat olib borayotgan bo‘lsa, men ham shunday ish olib borishni xohlardim. "Liverpul"ning "Barsa"ga qarshi uchrashuvida Klopp tomondan imzolangan futbolchilar soni nechta edi bilasizmi?
Pep "Siti"ga kelganida 4 himoyachidan norozi edi, keyingi mavsum uning iltimosi ila yangi himoyachilar bilan shartnoma imzolangandi. Klaudio Bravo ham Pepning iltimosi bilan kelgandi, biroq yaxshi to‘p tepmagani sababli Edersonga o‘zgartirildi.
Yurgen uch yarim yildan buyon "Liverpul"da hech qanday turnirda g‘alaba qozongani yo‘q, biroq uni hamma qo‘llab-quvvatlayapti. Joriy mavsum chempionlik uchun kurashda ularda yaxshi imkoniyatlar bor, - deya Mourinoning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Marca nashri.
Fikrlar