
Mourino jamoasiga "Real" futbolchisini olib kelmoqchi
"Fenerbaxche" rahbariyati yaqinlashib kelayotgan qishki transfer oynasida jamoa tarkibini kuchaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. AS nashri xabar berishicha, "kanareykalar" yarim himoyachi Arda Gulerni ijaraga olish varianti haqida o‘ylashmoqda.
Qayd etilishicha, Madridning “Real” klubi yanvar oyida Gulerni ijaraga berishi mumkin, shunda futbolchi etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladi. Ayni damda turkiyalik yarim himoyachi "Real" safida tez-tez maydonga tushmayapti.
Eslatib o‘tamiz, Arda Guler 2023 yilning yozida aynan “Fenerbaxche”dan “Real”ga ko‘chib o‘tgan edi. Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari 19 yoshli Gulerni 45 million evroga baholamoqda.
Fikrlar