Mourino Dzyubani "Tottenxem"ga taklif qilgani rostmi?

  • 9 fevral, 2020, 20:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya terma jamoasi va Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi forvardi Artyom Dzyubaga joriy qishki transferlar davrida “Tottenxem”dan taklif bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.

Tecno

“Bu qish kutilmagan bo‘ldi. Menimcha endi bu haqda gapirsam bo‘ladi. Men haqimda ko‘pchilik yolg‘on va bo‘xtonlar gapirdi, lekin hech kim haqiqatni bilmaydi. Yangi yil arafasida menga Joze Mourino nomidan aloqaga chiqishdi. Ammo “Zenit” menga “yo‘q” dedi. Xatto bu masalada Milner bilan ham gaplashdim va uni tingladim. Unga bo‘lgan hurmatim juda yuqori. Agar “Tottenxem” chindan ham meni tarkibga qo‘shib olishni xohlaganida bunga qattiq harakat qilardi. Ularning menga qiziqqanligi esa bor haqiqat. Menga mavsum yakunigacha ijarada o‘ynashni taklif qilishdi. Biroq, “Zenit” bunga qiziqish bildirmadi”, - deydi rossiyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, 31 yoshli Dzyuba joriy mavsum “Zenit”da 26 ta o‘yinda maydonga tushdi va 13 ta gol hamda 11 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning piterliklar bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!