
Mourino "Chelsi"dagi sobiq shogirdini "Tottenxem"ga chorlamoqda
“Chelsi” klubi himoyachisi Kurt Zuma faoliyatini Londonning boshqa bir grand klubida davom ettirish imkoniyatiga ega.
RMC Sport nashrining xabar berishicha, 25 yoshli frantsuzga “Tottenxem” jiddiy qiziqib qolgan. Aniqrog‘i, uni shaxsan “shporlar” bosh murabbiyi Joze Mourino tarkibda ko‘rishni xohlamoqda. Zuma 2014-2015 yillarda “aristokratlar” safida aynan Mourino qo‘l ostida to‘p surgan.
Kurt “Chelsi” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2023 yilga qadar imzolangan. U joriy mavsum APLda 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta sariq kartochko oldi.
Fikrlar