
Mourino: Biz Dele Alli bilan gaplashib oldik
“Tottenxem” bosh murabbiyi Joze Mourino joriy mavsum juda kam maydonga tushayotgan yarim himoyachi Dele Alli bilan gaplashib olganini ma’lum qildi.
“Kecha Alli bilan yaxshi suhbatlashdim. O‘ylaymanki, biz umumiy tilni topdik. Uni ham, jamoani ham mavsumning muhim qismi kutib turibdi. U bizga kerak. Bizga yaxshi formadagi Dele Alli kerak. Biz faqat uning normal holatga kelishini kutyapmiz.
Albatta, bitta suhbat orqali futbolchini yuqori sport formasiga qaytarib bo‘lmaydi, lekin umid qilamanki, u ushbu suhbatdan motivatsiya oldi. U jarohatdan tiklanishi, mashg‘ulotlarga qaytishi va hammasini boshidan boshlashi kerak”, - dedi portugaliyalik mutaxassis.
Bundan avvalroq, Alli yanvarda PSJga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar