"Monako" hujumchisi uchun mavsum muddatidan avval yakunlandi

  • 14 aprel, 2019, 11:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Monako" forvardi Stevan Yovetich kecha Frantsiya chempionatining 32-turidan o‘rin olgan "Reyms"ga (0:0) qarshi o‘yinda jiddiy jarohat oldi.

Tecno

L'Equipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 29 yoshli chernogoriyalik futbolchi kechagi o‘yinning 84-daqiqasida sodir bo‘lgan to‘qnashuv paytida tizzasini qayrib olgan va maydonni tark etgan. Agar uning jarohati kutilganidek jiddiy bo‘lib chiqsa, u bir necha oy davolanishiga to‘g‘ri keladi.

Ma’lumot uchun, Yovetich joriy mavsum Frantsiya chempionatida bor yo‘g‘i 8ta o‘yinda ishtirok etdi va 2ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!