
"Monako" etakchilaridan biri PSJga qarshi o‘yinga qadar sog‘ayadi
"Monako" yarim himoyachisi Aleksandr Golovin hali ham son mushaklaridan olgan jarohatidan davolanmoqda.
"Chempionat" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, rossiyalik futbolchi roppa-rosa 2 haftadan so‘ng, umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilishi kerak. U hozircha yakka tartibda shug‘ullanmoqda.
Golovin katta ehtimol bilan 20 noyabr kuni PSJga qarshi bo‘ladigan o‘yinda ishtirok etishi mumkin.
Aleksandr joriy mavsum “Monako” safida 2 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar