
Modrich Jahon chempionatiga boradi
Xabaringiz bor, Luka Modrichning "Real" bilan shartnomasi yakunlangan.
Biroq 39 yoshli yarim himoyachi "qirollik klubi" bilan klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida ishtirok etadi. Ushbu musobaqadan so‘ng Luka "Milan" ga o‘tganini rasman e’lon qilinadi.
Xorvatiyalik xavbek "qaymoqranglilar" safiga 2012 yil Angliyaning "Totenhem" klubidan kelib qo‘shilgan edi. Futbolchi madridliklar libosida joriy mavsum 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 6 ta uzatmani amalga oshirgan.
Ma’lumot uchun, Luka "qaymoqranglilar" safida 2018 yil "Oltin to‘p" sovrinini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar