Modrich bolaligidan muxlislik qiladigan klubida o‘ynaydi

  • 3 iyun, 15:44
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" va Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich faoliyatini "Milan" klubida davom ettiradi, deb xabar bermoqda La Repubblica nashri.

Tecno

Manbaga ko‘ra, xorvatiyalik futbolchi transferga rozilik bergan va "rossoneri" bilan 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi. Muzokaralar yakuniy bosqichda. Shuningdek, Modrich bolaligidan "Milan" muxlisi ekani qayd etilgan.

Luka Modrichning "Real Madrid" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida, Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidan so‘ng yakunlanadi. Shu sababli, 39 yoshli futbolchini erkin agent sifatida bepul qo‘lga kiritish mumkin bo‘ladi.

Modrich 2012 yildan beri "Real" safida to‘p surib keladi. Bu vaqt mobaynida u klub bilan 28 ta sovrin, jumladan, 6 ta Chempionlar Ligasi kubogini qo‘lga kiritgan. Modrich "Real" safida jami 590 ta o‘yin o‘tkazib, 43 ta gol urgan va 95 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!