
MLS. "Inter Mayami" ishonchli tarzda g‘alaba qozondi, Messidan dubl assist
"Iner Mayami" MLS doirasida bo‘lib o‘tgan "Los Anjeles"ga qarshi bahsda 3:1 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, 14-daqiqada Forias hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi taym boshida Alba oradagi farqni ikkitaga oshirdi. 83-daqiqada esa Kampana o‘yinga nuqta qo‘yuvchi golni urdi. Oradan ko‘p o‘tmay Rayan javob qaytardi. Ushbu uchrashuvda Messi ikki golga assist amalga oshirdi.
Shu tariqa, mayamiliklar g‘alaba qozonib, ochkolari sonini 25 taga etkazib oldi va turnir jadvalida 14-pog‘onada qoldi.
Fikrlar