
Millatlar Ligasi. Belgiya - Daniya gollar shousiga aylanib ketdi, gollandlar kambek amalga oshirdi
UEFA Millatlar Ligasi guruh bosqichining 6-turidan o‘rin olgan bir qator A liga uchrashuvlari yakuniga etdi. Jumladan, Polsha o‘z uyida Niderlandiyaga 1:2 hisobida engildi. Dastlab hisobni ochganiga qaramay, polyaklar o‘yin yakuni arafasida 2 ta to‘p qo‘yib yuborishdi.
Shuningdek, Belgiya - Daniya uchrashuvi 2-guruh g‘olibligi uchun kechib, unda 4:2 hisobida Roberto Martines shogirdlari g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, Millatlar Ligasining pley-off bosqichida Italiya, Belgiya, Frantsiya va Ispaniya terma jamoalari ishtirok etadigan bo‘ldi.
Fikrlar