
"Milan" yarim himoyachisini ijaraga berib yubormoqda
"Milan" a’zosi Sharl de Ketelare faoliyatini "Atalanta"da davom ettiradigan bo‘ldi, deya xabar bermoqda insayder Di Martsio.
Ma’lum bo‘lishicha, yarim himoyachini bergamoliklar bir mavsumga ijaraga olmoqda. Klubda keyinchalik uni 26 million evaziga sotib olish imkoniyati ham bor.
Eslatib o‘tamiz, Sharl o‘tgan yozda "Bryugge"dan 35 million evro evaziga milanliklar safiga kelib qo‘shilgandi. U o‘tgan mavsum jamoasi tarkibida 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golda ishtirok etdi.
Fikrlar