
"Milan" Pyontek masalasida "Atletiko" va "Tottenxem"dan bo‘lgan takliflarni nega rad etdi?
“Milan” klubi rahbariyati jamoa hujumchisi Kshishtof Pyontekni faqatgina to‘liq sotib yuborishni rejalashtirmoqda.
La Gazzetta dello Sport nashri muxbiri Nikolo Skiraning xabar berishicha “Atletiko” va “Tottenxem” klublari polshalik futbolchini ijaraga olishni ko‘zlashayotgan edi, biroq, “rossonerilar” ularning bu boradagi takliflarini rad etishgan.
Eslatib o‘tamiz, “Milan” Pyontekni bundan roppa-rosa bir yil muqaddam “Jenoa”dan 38 mln evro evaziga sotib olgan edi.
Ma’lumot uchun, Pyontek joriy mavsum Italiya A Seriyasida 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar