"Milan" Lill" etakchisi bilan kelisha olmadi

  • 31 yanvar, 2022, 16:50
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" klubi "Lill" futbolchisi Renatu Sancheshni qo‘lga kiritishni rejalashtirgan edi. Biroq jamoa transferning so‘nggi pallasida muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Tecno

"Sky Italia" nashrining xabar berishicha, portugal "rossonerilar"dan yuqori maosh talab qilgan. Bu esa italiyaliklarga ma’qul kelmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, "Milan" futbolchi uchun 25 million evro taklif qilgan. "Lill" ham bu taklifga rozi bo‘lgandi. 

"Transfermarkt" portalida Renatu Sanchesh 30 million evroga baholangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!