"Milan" hujumchisining maoshini oshirmoqchi

  • 3 yanvar, 2023, 12:33
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Milan" hujumchisi Rafael Leau yaqin kelajakda jamoada qolishi mumkin. Bu haqda jurnalist Janluka Di Martsio o‘z saytida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "rossonerilar" futbolchiga yiliga 7 million evro maosh taklif qilgan. Buning ustiga portugaliyalik futbolchining o‘zi ham jamoada qolishni istamoqda. "Qizil-qoralar" shuningdek, hujumchi Olive Jiru va yarim himoyachi Ismoil Bennaser bilan ham shartnomani uzaytirish niyatida. Stefano Pioli shogirdlari 33 ochko bilan A Seriyada ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Leauning "Milan" bilan shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi. U "Milan" safida barcha musobaqalar doirasida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Rafael shuningdek, Portugaliya terma jamoasi safida Qatardagi jahon chempionatida ham ikkita gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!