
Messining ikki sharti bajarilsa, shu jamoada o‘ynaydi!
PSJ bilan shartnomasi yakunlanib borayotgan Lionel Messi “Barselona”ga qaytishga tayyorligini bildirdi. Jurnalist Matteo Morettoning ta’kidlashicha, argentinalik yulduz buning uchun kataloniyaliklar oldiga ikkita shart qo‘ygan.
Birinchidan, “Barselona” moliyaviy muammolarga qaramay, o‘n kun ichida Messining transferi amalga oshirilishini kafolatlashi kerak.
Ikkinchidan, 35 yoshli futbolchi o‘ziga 10-raqamli futbolkani qaytarilishini so‘ragan. Ma’lumki, Leo ketganidan keyin bu raqam uning vorisi sifatida e’tirof etilgan Ansu Fatiga berilgan.
“Barselona” yoshda 20 yoshli futbolchini sotib yubormoqchi. Biroq, Fatining o‘zi klubda qolmoqchi, bundan tashqari, 10-raqamni hech kimga bermoqchi emas.
Fikrlar