Messini hayratga solgan futbolchi kim?

  • 29 aprel, 06:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi Lionel Messi uzoq yillar davomida zamonaviy futbolning eng zo‘r o‘yinchisi nomini Krishtianu Ronaldu bilan talashib kelgan.

Hozir har ikki yulduz professional faoliyatining so‘nggi bosqichini o‘tkazmoqda. “Inter Mayami”da o‘ynayotgan argentinalik yulduz hozirgi paytda o‘zi eng zo‘r, deb bilgan besh futbolchi nomini aytdi.

- Shuni ta’kidlashim mumkinki, eng zo‘r futbolchilar – hozir o‘ynayotgan yulduzlardir. Ularni butun dunyodan fanatlar kuzatib keladi, bolalar ularga o‘xshashga uchun taqlid qiladi.

Bugungi kunda eng zo‘rlari Kilian Mbappe, Erling Xoland, Lamin Yamal, Vinisius Junior hamda Robert Levandovskidir.

Yamal qilayotgan ishlar, 17 yoshidayoq erishgan natijalar barcha qatori meni ham hayratga soladi. Bunaqa futbolchilarning kelajagi porloq bo‘ladi, - dedi Messi.

Evropada “Barselona” va “Pari Sen-Jermen” klublarida katta yutuqlarni qo‘lga kiritgan Lionel Messi 2023 yilning yozidan beri “Inter Mayami”da o‘ynayapti. Uning amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni yakunlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!