Messi va Suares Ronaldoning rekordini yangiladi

  • 9 oktabr, 2020, 15:17
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon Chempionatiga saralash bahslari doirasida Urugvay hamda Argentina terma jamoalari o‘z o‘yinini o‘tkazdi.

Tecno

O‘z maydonida Chili termasini qabul qilgan urugvayliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda kiritilgan ilk golga "Atletiko" hujumchisi Luis Suares mualliflik qildi. Shuningdek, Argentina terma jamoasi Ekvadorga qarshi bahsni 1:0 hisobida o‘z foydasiga hal etdi. Yagona gol Lionel Messi tomonidan kiritildi.

Shu tariqa, har ikki futbolchi terma jamoa safida rasmiy o‘yinlardagi 39-gollarini kiritdi va bu borada Braziliya terma jamoasi sobiq forvardi Ronaldoni orta qoldirdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!