
Messi va Ronaldu o‘rniga shu futbolchi qoladi
“Manchester Siti”dagi muvaffaqiyatli faoliyatidan keyin “Barselona”ga ko‘chib o‘tgan Ilkay Gyundog‘an sobiq jamoadoshi Erling Xoland haqida fikr bildirdi.
Norvegiyalik 22 yoshli hujumchi Angliyadagi debyut mavsumida Premer-ligada 36 ta gol urib, musobaqa rekordini o‘rnatdi.
Men Holandning iqtidoridan hayratga tushdim. Shu darajada ham hali o‘sishi mumkin. U har doim ko‘prog‘ini xohlaydi, unda hech qanday chegara yo‘q.
Kelajakda Xoland Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu darajasiga etishi mumkin, - dedi Ilkay Gyundog‘an.
Germaniyalik futbolchi “Manchester Siti” tarkibida 2016 yildan buyon o‘ynab kelayotgan edi. 32 yoshli yarim himoyachi “shaharliklar” bilan birga jami 15 ta sovrinni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar