Messi va Mbappe Dembeleni "Oltin to‘p" bilan tabrikladi

  • 23 sentabr, 16:33
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Usmon Dembele "France Football" tomonidan mavsumning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan "Oltin to‘p" sovrinini qo‘lga kiritdi. Dembeleni sobiq jamoadoshi Lionel Messi va vatandoshi hisoblangan Kilian Mbappe ijtimoiy tarmoqlar orqali tabrikladi.

Tecno

Messi: "Tabriklayman, sen uchun juda xursandman. Sen bu mukofotga loyiqsan!"

Mbappe: "Usmon Dembele… Qanday hissiyotlar, akam. Sen bundan 1000 marta ko‘prog‘iga loyiqsan."

Ma’lumot uchun, frantsiyalik futbolchi 2024/2025-yilgi mavsumda PSJ tarkibida 59 ta o‘yinda maydonga tushib, 37 ta gol va 14 ta assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!