Messi: Shu nusxa jamoada bo‘lsa, “Barsa”ga o‘tmayman!

  • 28 sentabr, 2022, 19:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Lionel Messining amaldagi shartnomasi yozda yakuniga etadi. Argentinalik to‘purarning kelajagi hozircha mavhum. Lekin “Barselona”ga qaytish ehtimoli katta.

Tecno

Jurnalist Mark Marbaning xabar berishicha, 35 yoshli yulduz Kataloniyaga qaytishga tayyor, biroq buning uchun klub bir shartni bajarish kerak.

Unga ko‘ra, Messi jamoaga klub himoyachi Jerar Pike bilan xayrlashsagina qaytishini uqtirmoqda.

Keyingi yillarda Messi va Pike o‘rtasidagi munosabat keskin yomonlashgan edi. Leo “Barselona”dagi so‘nggi mavsumida ispaniyalik futbolchi bilan umuman gaplashmagani haqida ma’lumotlar tarqatilmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Leoning bu talabidan keyin uning “Barselona”ga qaytishi Pikening ketishiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Keyingi paytda Jerarning klubdan ketib, “Atletiko”ga o‘tishi haqida xabarlar chiqa boshladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Dilshod Muratov
28/09/2022 21:54
Bu qariya nimasiga ultimatum quyadi.Barsaga utsa xam avvalgidek messi bulolmaydi endi.