
Messi sariq kartochkalar ko‘rsatish bo‘yicha rekord o‘rnatgan hakamni qattiq tanqid qildi
Lionel Messi Niderlandiya - Argentina uchrashuvida (2:2, 4:3) ishlagan bosh hakam Mateu Laosni qattiq tanqid qildi.
U chorak final bahsida jami 15 ta sariq kartochka ko‘rsatib, turnir rekordini o‘rnatdi. Laos o‘yin davomida janubiy amerikaliklarga jami 8 ta sariq kartochka ko‘rsatdi. Ular orasida Leo ham bor edi.
"G‘azablanishga sabab ko‘p. Hammasi bunday tugamasligi kerak edi. Biz uchrashuv davomida qo‘rqib harakat qildik. Sababi, uning kimligini yaxshi bilamiz.
FIFA vaziyatni qayta ko‘rib chiqishi lozim. Hech qachon darajasi past hakamni bu kabi katta o‘yinlarga qo‘ymaslik kerak", - dedi Argentina terma jamoasi sardori.
Fikrlar