Messi o‘ziga eng katta ta’sir o‘tkazgan futbolchi nomini aytdi

  • 11 may, 17:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Futboldagi eng nufuzli individual sovrin – “Oltin to‘p”ni sakkiz marotaba qo‘lga kiritgan Lionel Messi faoliyatiga katta ta’sir qilgan futbolchi nomini aytdi.

Tecno

- Ronaldino mening faoliyatimga hammadan ko‘proq ta’sir o‘tkazgan. Ayniqsa, faoliyatim boshida uning meni qanday qabul qilgani hamda yordam berganini e’tirof etishim lozim.

Shuningdek, menga Andres Inesta va Xavining nomiga qo‘shib, hozir “Inter Mayami”da yonimda turgan Serxio Buskets, Jordi Alba va Luis Suaresni ham aytishim mumkin.

Bularning bari mening eng yaqin do‘stlarimdir, - dedi Lionel Messi.

Evropadagi faoliyati davomida “Barselona” va “Pari Sen-Jermen” klublari sharafini himoya qilgan 37 yoshli Messi 2023 yilning yozidan beri “Inter Mayami”da to‘p tepib keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!