
Messi Marokashga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi
Qisqa muddatli tanaffusdan so‘ng yana Argentina terma jamoasiga qaytgan hujumchi Lionel Messi 26 mart kuni bo‘lib o‘tadigan Marokashga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etmaydi. Bu haqda terma jamoa matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 31 yoshli futbolchida kichik jarohat bor. Ushbu o‘yinda shuningdek Gonsalo Martines ham maydonga tusha olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi kecha Madridda Venesuela terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 1:3 hisobida yutqazib qo‘ydi. Ushbu uchrashuv Messi uchun JCh-2018dan keyin terma jamoa safidagi ilk o‘yin bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Argentina – Marokash bahsi 26 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
Fikrlar