
Messi La Liga to‘purarlar poygasida peshqadamlikni qo‘lga oldi
“Barselona” forvardi Lionel Messi bugun La Liganing 18-turidan o‘rin olgan “Granada”ga (4:0) qarshi o‘yinda dubl qayd etdi.
Ushbu o‘yindan so‘ng 33 yoshli argentinalik futbolchining chempionatdagi gollari soni 11 taga etdi va u to‘purarlar poygasida Yago Aspas (9 ta gol, «Selta»), Luis Suares (9 ta gol, «Atletiko») va Jerar Morenodan (10 ta gol, «Vilyarreal») o‘tib ketib, peshqadamga aylanib oldi.
"Barselona" bugungi g‘alabadan so‘ng o‘z hisobidagi ochkolar sonini 34 taga etkazib oldi va musobaqa jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi.
Fikrlar