
Messi “Inter Mayami”dan “dopingchi” yulduzni olib kelishni so‘radi
“Inter Mayami” sardori Lionel Messi klub xo‘jayinlaridan biri Devid Bekxemdan jamoa tarkibini kuchaytirish uchun Evropada tajriba to‘plagan yulduzni olib kelishni so‘radi.
El Nacional nashrining yozishicha, sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi jamoada ayni paytda ishsiz yurgan Pol Pogba bilan birga o‘ynamoqchi.
Ma’lumki, Pogba doping iste’mol qilgani uchun futboldan to‘rt yilga chetlatilgan edi. Keyinchalik sud bu muddatni 18 oyga tushirdi. Pogba yil boshidan shug‘ullanishni boshlab yuborgan.
Biroq “Yuventus” frantsiyalik futbolchining shartnomasi bekor qilgani uchun Pogba hamon o‘ziga jamoa qidiryapti.
Manbaga ko‘ra, “Inter Mayami” Lionel Messining iltimosini e’tiborsiz qoldirmaydi. Yaqinda Devid Bekxem “Nyu-York” siti bilan bo‘lgan uchrashuvda Pol Pogba bilan ko‘rishgan va o‘zaro suhbatlashgan.
Hozir, “Inter Mayami” tajribali yarim himoyachi uchun asosiy da’vogar sifatida tilga olinyapti.
Fikrlar