Messi Inestadan o‘zib ketdi va Xaviga yaqinlashib qoldi

  • 14 mart, 2019, 10:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi kecha “Lion”ga (5:1) qarshi bo‘lib o‘tgan UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final javob bahsida ishtirok etdi.

Tecno

E’tiborlisi, bu 31 yoshli argentinalik futbolchi uchun EChLdagi 131-o‘yin bo‘ldi. Shu tariqa u ushbu ko‘rsatgich borasida sobiq jamoadoshi Andres Inestadan (131) o‘zib ketdi.

“Barselona” safida Chempionlar ligasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi esa Xavi hisoblanadi. U ushbu musobaqada jami 151ta o‘yinda ishtirok etgan.

Biroq, Inesta ham, Xavi ham ayni damda jamoada yo‘qligini inobatga olganda, Messida bu borada etakchi bo‘lib olish imkoniyati mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!