
Messi hamon “Barsa”dan maosh olayotgan ekan
Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan “Barselona” klubi prezidenti Joan Laporta jamoani ikki yil muqaddam tark etgan Lionel Messiga hamon maosh to‘layotganini oshkor qildi.
- Biz Leo uchun ajayib xayrlashuv uchrashuvini tashkil qilib beramiz. Bu tadbir yangi “Kamp Nou”ning ochilishiga to‘g‘ri kelsa zo‘r bo‘lardi.
Messiga 2025 yilga qadar maosh to‘lashimiz kerak. Avvalgi rahbariyat davrida to‘lovlar keyingi qoldirilgan edi, - Joan Laporta.
Lionel Messi PSJdagi ikki yillik faoliyatidan keyin Evropa futbolini tark etdi. Endi u bundan buyon AQSh chempionatida “Inter Mayami” sharafini himoya qiladigan bo‘ldi.
Fikrlar