Messi hali "Inter" Mayamida o‘ynash uchun ruxsat olmagan

  • 30 iyun, 2023, 19:20
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messi "Inter" Mayamida o‘ynash uchun hozircha ruxsat olmagan.

Tecno

"Messi bilan shartlar kelishilgan, ammo biz MLS bilan hujjatlar ustida ishlayapmiz. Bu ishni yakunlash uchun vaqt kerak bo‘ladi.

Umid qilamizki, iyul oyining o‘rtalarida yoki oxiriga kelib Leo o‘ynashga tayyor bo‘ladi. Bu uning barcha hujjatlarni qachon to‘ldirishiga bog‘liq”, - dedi klub sport direktori Kris Xenderson.

Avvalroq, argentinalik hujumchi 21 iyul kuni "Inter" Mayami safida debyut qilishi haqida xabar berilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!