
Messi Frantsiya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi
PSJ hujumchisi Lionel Messi 2022/2023 yilgi mavsumda Frantsiya chempionatining eng yaxshi xorijlik futbolchisi deb topildi. Bu haqda Liga 1 matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘tgan Frantsiya chempionatining 32 o‘yinida Messi 16 gol va sheriklariga 16 golli uzatma amalga oshirdi. Leo PSJ bilan mamlakat chempioniga aylandi. Mavsum oxirida argentinalik yulduz Ligue 1 grand bilan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qildi.
Endi Messi "Inter Mayami"da o‘ynaydi. Argentinalik hujumchining yangi klubidagi debyuti iyul oyining ikkinchi yarmida kutilmoqda.
Fikrlar