
Messi Argentina ishtirokidagi navbatdagi bahsda ishtirok etmasligini tasdiqladi
"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi Argentina terma jamoasining navbatdagi o‘yinida ishtirok etmasligini o‘zi ma’lum qildi.
38 yoshli futbolchi bugun JCh-2026 saralash bosqichidagi Venesuelaga qarshi o‘yinda (3:0) ikkita gol urdi. Final hushtagi chalingach, Messi argentinalik muxlislar bilan xayrlashdi, chunki bu uchrashuv uning terma jamoa safida vatanida o‘tkazgan so‘nggi o‘yini bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, Leo Ekvadorga qarshi safardagi o‘yinga bormasligini aytdi.
- Men Skaloni bilan suhbatlashdim va Ekvadordagi keyingi o‘yinga bormasligim haqida kelishdik. Yaqinda jarohatdan tuzalganman. Hozir o‘zimni yaxshi his qilayotgan bo‘lsam-da, qo‘shimcha safarlar va zo‘riqishlardan qochishni ma’qul ko‘rdik. Hozir dam olishim kerak, oldinda "Inter Mayami" uchun muhim o‘yinlar bor, MLS mavsumi yakunlanmoqda. Umid qilamanki, men tayyor bo‘laman, - dedi Messi "TNT Sports"ga bergan intervyusida.
Fikrlar