Mendi "Chelsi" taklifini rad etdi

  • 22 dekabr, 2022, 13:15
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi o‘z darvozaboni Eduar Mendiga olti yillik yangi shartnoma taklif qildi, biroq senegallik bunga darhol rad javobini bergan.

Tecno

Jurnalist Endi Dillonning so‘zlariga ko‘ra, darvozabon "aristokratlar" rahbariyatini hurmatsizlikda ayblagan, chunki yangi kelishuv shartlariga ko‘ra unga juda kam maosh taklif qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Mendi "Chelsi"ga 2020 yilning yozida, "Renn"dan ko‘chib o‘tgan edi. Eduar o‘shandan beri biror marta ham oshirilmagan kichik maoshga rozi bo‘lib kelmoqda. Qiziq tomoni, zaxira o‘rindig‘idagi Kepa Arrisabalaga ham Eduardan ancha ko‘p maosh oladi. 

Avvalroq, "Chelsi" yozda yangi darvozabon izlashi haqida turli xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!