
Men Rossiyada o‘ynashim mumkin edi!
"Liverpul" yarim ximoyachisi Aleksis Makallister "Brayton"da o‘ynayotgan vaqtida Rossiya Premer-ligasi klublaridan kelib tushgan takliflar haqida gapirdi.
"Biz yosh futbolchilarga erta ulg‘ayamiz, deb aytamiz, aslida esa hali ham yosh boladekmiz. Men "Brayton"ga endi kelgan vaqtlarimda, onamga videoqo‘ng‘iroq orqali telefon qilib, isitgichni qanday yoqish, kir yuvish mashinasini qanday ishlatish haqida so‘rardim. O‘zim yolg‘iz qolgan vaqtlarimda ko‘p tushkunlikka tushar edim. Muxlislarsiz stadiondan kundan kun zerikar edim. Karantin vaqtida menga Rossiya va Ispaniya klublaridan takliflar kelib tushgan edi.
Onam esa menga Buenos Ayresdan telefon qildi va unga ortiq bu erda qolmasligimni haqida gapirgan edim. Shundan so‘ng, "Boka Xuniors"ga ketishga qaror qildim. Jaxon Chempionatidan so‘ng, men uchun hamma narsa o‘zgardi. "Liverpul"dan tushgan taklifga esa ikkilanib o‘tirmay rozilik berganman", - deydi argentinalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli futbolchi 2019 va 2023 yillar oralig‘ida "Brayton" klubida to‘p tepgan. Shu oraliqda "Arxentinos Xuniors" va "Boka Xuniors" klublariga ijaraga berilgan.
Fikrlar