Men ortga qaytmayman!

  • 30 iyul, 2022, 17:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” hujumchisi Temmi Abraxam o‘ziga Angliya klublaridan qiziqish bo‘layotganiga munosabat bildirdi.

Tecno

- Men Angliya Premer-ligasiga qaytishga shoshilmayapman. Chunki Italiyada men o‘z o‘yin uslubimni namoyish eta olyapman. Bu mamlakatda o‘zimni har tomonlama baxtiyor his qilyapman. “Roma”ni tanlaganim hayotimdagi eng to‘g‘ri qarorlardan biri bo‘ldi, - dedi Temmi Abraxam.

Angliyalik hujumchi “Chelsi” asosiy tarkibiga kira olmaganidan keyin 40 million evro evaziga Rim klubiga transfer qilingan edi.

Italiyadagi debyut mavsumida Abraxam 51 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 27 ta to‘p yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!