“Men “Barsa” va MYu taklifni rad etdim!”

  • 21 iyun, 2020, 13:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Everton” hujumchisi Risharlison o‘ziga grand klublardan taklif bo‘layotganini ma’lum qildi.

- Menga “Barselona” va “Manchester Yunayted”da chorlov bo‘ldi. Men mavsum o‘rtasida jamoadoshlarimni tashlab ketgim kelmadi. “Barselona” buyuk klub va men kataloniyaliklarning e’tiboriga tushganimdan xursandman, - dedi Risharlison.

23 yoshli braziliyalik futbolchi “Everton” safida 32 ta uchrashuvda 12 ta gol urdi va to‘rtta golli pas berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!